21:10 / 19.10.2020
1 898

Fuqaro foydasiga 27,9 mln. so‘m qarz undirib berildi

Fuqaro foydasiga 27,9 mln. so‘m qarz undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 26.02.2018 yildagi qaroriga asosan, qarzdor L.Azizovdan undiruvchi fuqaro I.Xolmatovga 27.973.500 so‘m undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud. Qarzdorga tegishli tartibda ogohlantirishlarga qaramay yillar mobaynida qarzdorlikni to‘lamay kelgan. MIB tuman bo‘lim davlat ijrochisi M.Tuxtasinov tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Natijada qarzdor L.Azizov mol-mulklariga band solingani hamda notarial harakatlarni amalga oshira olmasligi va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklanganligi oqibatida qarzdorlikni to‘liq amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Fuqaroga qarzdordan 27,9 mln. so‘m qarzdorlik undirib berilganidan so‘ng, ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro foydasiga 27,9 mln. so‘m qarz undirib berildi