22:57 / 19.10.2020
2 218

“Biznesga maslahat” (Advice for business) portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Biznesga maslahat” (Advice for business) portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2020 yil 16 oktabr kuni Adliya vazirligida tadbirkorlik sub’ektlari uchun huquqiy maslahatlar berishga ixtisoslashgan maxsus interfaol “Biznesga maslahat” (Advice for business) portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Adliya vazirligi rahbariyati va mas’ullari, tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar marosimni onlayn ravishda Adliya vazirligi rasmiy sayti, ZOOM dasturi va vazirlikning Facebook hamda YouTube dagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishdi.

Mazkur portal “Advice.uz” huquqiy axborot portalining ijobiy tajribasidan kelib chiqqan holda Adliya vazirligi TASHABBUSI BILAN USAID O‘zbekistonning moliyaviy ko‘magida ishga tushirildi.
Taqdimot marosimida yangi axborot portalida TADBIRKORLAR UCHUN bir qator qulayliklar yaratilganligi aytib o‘tildi.

BIRINCHIDAN, tadbirkorlar o‘z faoliyati davomida duch keladigan masalalarni xalqchil va amaliyotga bog‘langan holda tushuntirishga qaratilgan 1 000 yaqin huquqiy ma’lumotlar portalga joylashtirilgan.
XUSUSAN,
•tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish tartibi
•yer olish
•mehnat munosabatlari
•infratuzilmalarga ulanish
•litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari
•bank, soliq va bojxona qonunchiligiga oid normalar
Portalga joylashtirilgan ma’lumotlar yuzasidan 20 dan ortiq VAZIRLIK, IDORALAR VA JAMOAT tashkilotlarining takliflari olingan.

IKKINCHIDAN, portalda huquqiy ma’lumotlarni joylashtirish bilan cheklanilmasdan, tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning namunaviy shakllari ham berilgan.
Masalan:
•ustavlar
•banklarga taqdim etiladigan to‘lov hujjatlari
•xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomasining va boshqa shu kabi hujjatlarning namunalari erkin foydalanish uchun joylashtirilgan.

UCHINCHIDAN, portal orqali turli xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Jumladan, “Ro‘yxatdan o‘tkazish” qismida ro‘yxatdan o‘tkazish va tadbirkorlik sub’ektlarining turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular bilan batafsil tanishib keyin ro‘yxatdan o‘tkazish havolasi orqali fo.birdarcha.uz ga kirish va tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish mumkin bo‘ladi.

TO‘RTINCHIDAN, portal orqali tadbirkorlarning onlayn murojaatlari qabul qilinadi va murojaatlar yuzasidan qisqa muddatda yechim va maslahatlar beriladi.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun turli sohalarda malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan 20 TA EKSPЕRT jalb etiladi.

Eng e’tiborlisi shundaki, mazkur MASLAHATLAR BЕPUL BЕRILADI, ya’ni mutaxassislar tomonidan berilgan huquqiy maslahatlar mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha tadbirkorlar portal orqali BIZNЕSNI BOSHLASHDAN TORTIB, UNI YAKUNLASHGACHA BO‘LGAN ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Portalning MOBIL ILOVASI ham ishlab chiqilgan — https://apps.apple.com/us/app/id1533252839. Demakki undan foydalanish juda ham qulay.
Umuman olganda, “Biznesga maslahat” portali — https://b-advice.uz/ — tadbirkorlar bilan ishlash, ularning muammolarni hal etish va qisqa muddatlarda ularga amaliy yordam berish, aholini tadbirkorlikka keng jalb etishni yangi bosqichga ko‘taradi.
Marosim davomida tadbirkorlar, jurnalistlar va blogerlarning o‘zilarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Biznesga maslahat” (Advice for business) portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi