11:35 / 20.10.2020
5 235

Giyohvandlik umr zavoli

Giyohvandlik umr zavoli
Giyohvandlik - bu illatning qanchalik dahshatli ekanligi uning necha-necha oilalarning yostig‘ini quritganligi, qanchadan qancha begunoh go‘daklarning nogiron bo‘lib tug‘ilishi va ularning yetim o‘sishiga sababchi bo‘layotganligi bunga dalolatdir.

Sudlanuvchi S.F. 2019 yilning 11 noyabr kuni soat 19:00 larda ko‘proq miqdordagi giyohvandlik moddalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, Karmana tumani “Beshkent” MFY hududida joylashgan viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi binosining old tomonida 400.000 so‘m evaziga tanishi B.D.ga Navoiy viloyat IIB EKBning 12.11.2019 yildagi 145-sonli sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1 dona qog‘oz bo‘lagiga qadoqlangan, o‘tkir hidli, quruq holatdagi, umumiy sof og‘irligi 2.73 grammga teng bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasini sotish yo‘li bilan qonunga xilof ravishda o‘tkazgan vaqtida Navoiy viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “nazoratli tartibda xarid qilish” tezkor tadbiri davomida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Sud ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, dalillarga baho berib, sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib va unga shu modda bilan Jinoyat kodeksining 57, 60, 61-moddalarini qo‘llab, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Darhaqiqat, giyohvandlik ta’siriga tushgan inson borki, ortga qaytishga yo‘l topolmay, jinoyat ko‘chasiga kirib qolishi ham afsuski haqiqatdan yiroq emas.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Konimex tuman sudi raisi
F.Qahorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik umr zavoli