14:50 / 20.10.2020
2 086

“Toyota”dagi telefon “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi

“Toyota”dagi telefon “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi
Tovar moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, poytaxtimizdagi avtoturargohlarning biridagi fuqaro O‘.Sh. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida, avtomobil yukxonasidagi 168 million so‘mlik 80 dona uyali aloqa vositalarini fuqaro Yu.J. noqonuniy tarzda shartli xaridorga 15 200 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Toyota”dagi telefon “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi