18:05 / 20.10.2020
3 884

Namanganda koronavirusga chalingan tirik fuqaroning yaqinlariga uning o‘lgani xabar qilinib, boshqa mayyit berib yuborildi

Namanganda koronavirusga chalingan tirik fuqaroning yaqinlariga uning o‘lgani xabar qilinib, boshqa mayyit berib yuborildi
Namanganda koronavirusga chalingan bemorlar davolanuvchi taqsimlash markazida bemorlardan biri vafot etgani to‘g‘risida ularning oila a’zolariga xabar berilgan. Marhumning o‘g‘li otasining jasadini olish uchun shifoxonaga borgan va uning qo‘lida bo‘lgan telefon qayerda ekanligini aniqlash uchun qo‘ng‘iroq qilganida telefonni otasining o‘zi ko‘targan. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida «Ilg‘or» mahallasida yashovchi fuqaro COVID-19’ga chalinganlar shifoxonasida vafot etgani va mayyitni yuvib, uning yaqinlariga boshqa jasad berib yuborilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Ushbu ma’lumotni tarqatgan Qobil Mirzayev ismli fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonada haqiqatan ham boshqa kishining jasadi berib yuborilgan.

Mahalla raisi Kamoliddin Mavlonovning aytishicha, marhumning o‘g‘liga rostan ham kasalxonadan otasi o‘lgani to‘g‘risida qo‘ng‘iroq bo‘lgan, biroq mazkur holat kasalxonaning o‘zida hal etilgan.

«23 sentabr kuni dadam bilan gaplashdik, salomatman dedilar. Oradan 20 daqiqalar o‘tgach, shifokorlar qo‘ng‘iroq qilib, og‘irlashib qoldi deyishdi. Ortga qaytdim. Bo‘lmay qoldi (vafot etdi — tahr.) deyishdi. Shuni orasida bir soat vaqt o‘tdi. Biz o‘sha yerda deb o‘yladik. Telefonlari esimga tushib qoldi va qo‘ng‘iroq qilsam, javob berdilar. ‘Dadangiz tirik qoldilar-ku’ deyishgani uchun hech qanday e’tirozim bo‘lmadi», — deydi «o‘ldi»ga chiqarilgan fuqaroning o‘g‘li.

Taqsimlash markazi shifokorlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bitta palatada ikkita bir xil familiyali bemor davolangan va ularning yoshi ham bir-biridan 1-2 yoshga farq qilgan. Bemorlarning birida ijobiy o‘zgarish kuzatilgan bo‘lsa, ikkinchisi esa ahvol o‘girlashib, yondosh kasalliklar tufayli vafot etgan.

«Tibbiyot xodimi texnik tushunmovchilik tufayli tirik fuqaroning yaqiniga uning otasi vafot etgani to‘g‘risida xabar bergan. Biroq keyinchalik bu fuqaroning yaqinlari otasi tirik ekanligini aniqlashtirgan. Haqiqatda vafot etgan fuqaro esa patologik anatomiya byurosiga o‘tkazganmiz va belgilangan tartibda zararsizlantirish hamda epidemiologik tozalov ishlaridan so‘ng yaqinlariga beriladi», — deydi Shukrullo Solijonov ismli shifokor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda koronavirusga chalingan tirik fuqaroning yaqinlariga uning o‘lgani xabar qilinib, boshqa mayyit berib yuborildi