20:35 / 20.10.2020
3 041

Mast holatda mashina boshqarish oqibati

Mast holatda mashina boshqarish oqibati
2020 yil 14 sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudining ochiq sud majlisida mast xolatda tezlikni oshirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1978 yilda to‘g‘ilgan Komil Quchqarov (shaxsi o‘zgartirilgan) 2020 yil 25 iyun kuni soat 16:00larda boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli, 85 V XXX GA davlat belgili avtomashinasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda “Yangirabod-Bog‘chakalon” yo‘nalishidagi 4R 48 avtomobil yo‘lining “Yangirabod” yo‘nalishi tomon biroz boshqarib avtomashinani “Olmazor” MFY xududidan o‘tgan “Gumbaz-Qiyat-Turkman” yo‘nalishidagi 4K 372 avtomobil yo‘li tomon qayrilib “Gumbaz” yo‘nalishidan “Qiyat” yo‘nalishiga tomon boshqarib aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, K.Quchqarov avtomashinasida 70 km/soat tezlikda harakatlanib kelib, 24.12.2017 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Haydarov Alimardon Rustambek o‘g‘lini avtomashinasining old o‘ng tomoni bilan urib yuborib, YTH sodir etishi natijasida voyaga yetmagan A.Haydarov og‘ir-tan jarohat olib tuman tibbiyot birlashmasida vafot etishiga sababchi bo‘lgan.

Sud K.Quchqarovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqror va chin ko‘ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni bartaraf etganligini, inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, JKning 45, 57, 62-moddalarini qo‘llab 3 yil 11 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi
tuman sudi raisi S.Bo‘tayev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi
tuman sudi sudya yordamchisi Z.Hamdamov

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mast holatda mashina boshqarish oqibati