16:30 / 21.10.2020
4 058

Chet elda bo‘lgan aliment to‘lovchi otaning majburiyatini yaqin qarndoshlari bajardi

Chet elda bo‘lgan aliment to‘lovchi otaning majburiyatini yaqin qarndoshlari bajardi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2019 yil 4 fevraldagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.Otabekovdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining oddiy ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga aliment undirish belgilanib, uning ijrosini ta’minlash esa Majburiy ijro byurosining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi zimmasiga yuklatilgan edi.

Aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli aliment to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi. Shu boisdan D.Otabekovga ham ushbu ayrim cheklovlar qo‘llanilgan. Biroq, aliment to‘lovchi ota sud buyrug‘i chiqishidan avval bir necha yillar muqaddam chet elga, ya’ni AQSH (Amerika qo‘shma shtatlari) davlatiga chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Farzandlarning moddiy ta’minoti nima bo‘ladi degan haqli savol tug‘uladi. Albatda, qarzdor yashash manzilida bo‘lmasa unga nisbatan qidiruv ishlari e’lon qilingan bo‘lsa ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatiladi. Shunday bo‘lsada chiqmagan jondan umid deya davlat ijrochisi aliment pullarini undirish maqsadida D.Otabekovning yaqin qarndoshlari bilan uchrashib, qonun talablarini tushuntirgani holda targ‘ibot ishlarini amalga oshirdi.

Buni qarangki norasida ikki nafar farzandning moddiy ta’minotiga befarq bo‘lmagan D.Otabekovning yaqin qarndoshlari bir yarim yildan oshiq vaqt davomida to‘lanmagan qarzdorlikni to‘liq, ya’ni 17 million 150 ming so‘m aliment pullarini to‘lab berishdi.

Bu majburiyatni vijdonan bajargan qarzdorning yaqin qarndoshlariga Byuro xodimlari o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet elda bo‘lgan aliment to‘lovchi otaning majburiyatini yaqin qarndoshlari bajardi