19:02 / 21.10.2020
1 919

Furqatda qarzdor otadan 9,6 mln. so‘m aliment undirildi

Furqatda qarzdor otadan 9,6 mln. so‘m aliment undirildi
Majburiy ijro byurosi Furqat tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 09.07.2019 yildagi 2-1503-1901/8551-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor Po‘latov Xusanjon Baxtiyorjon o‘g‘lidan undiruvchi Po‘latova Zubayda Axatovna foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oy jami daromadining 3/1 qismi miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.

Sud buyrug‘i va ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi qarzdor X.Po‘latovga shaxsan taqdim etilgan. Biroq, u 2019 yil iyul oyidan 2020 yil oktabr oyiga qadar bo‘lgan 9 600 000 so‘m aliment pullarini umuman to‘lab bermagan. Buning ustiga byuro davlat ijrochilaridan qochib yurgan.

18.10.2020 yilda X.Po‘latov byuroning tuman bo‘limi qidiruv guruhi xodimlari tomonidan ushlab keltirilgan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan tegishli materiallar rasmiylashtirilgan. Biroq, to‘plangan hujjatlarga sudgacha ham yetib bormadi. O‘z harakatlari oqibatini yaxshi tushungan qarzdor 9 600 000 so‘m aliment pulini naqd shaklda to‘liq to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Furqatda qarzdor otadan 9,6 mln. so‘m aliment undirildi