14:46 / 22.10.2020
1 464

Jizzaxda bankomatdagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi (video)

Jizzaxda bankomatdagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi (video)
Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Jizzax viloyatida «Agrobank» G‘allaorol tumani bo‘limi binosi yaqinida joylashgan bankomatdan pul mablag‘larini tunamoqchi bo‘lgan yigit voqea joyida qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, xizmat olib borayotgan Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari 15 oktabr kuni soat 00:40 larda kuzatuv kamerasi monitori orqali bank binosi yonida joylashgan bankomat xonasiga noma’lum shaxs tomonidan yuziga niqob taqqan holda kirib, pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ravishda olishga urinayotganligini ko‘rishadi.

Xodimlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbir natijasida ushbu shaxs bankomat xonasidan chiqib ketishga ulgurmay ushlangan. Shundan so‘ng xodimlar tomonidan tuman IIBga xabar berilgan va voqea joyiga yetib kelgan tezkor tergov guruhiga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan.

Holat yuzasidan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u G‘allaorol tumani Qipchoqsuv QFYda yashovchi 1999 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan O.Z. ekani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)