13:00 / 23.10.2020
6 573

Toshkentda 20 yoshli tovlamachi qiz qo‘lga tushdi

Toshkentda 20 yoshli tovlamachi qiz qo‘lga tushdi
Foto: «News.yandex.ru»
Toshkent shahar IIBB xodimlari tovlamachilikda gumonlanuvchi qizni qo‘lga olishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Oktabr oyining boshida 18 yoshli Dilfuza O. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, undan 300 AQSH dollarini tovlamachilik qilib olmoqchi bo‘lgan 20 yoshli Umidaxon A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Umidaxon Dilfuzani shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan. 19 oktabr kuni soat 18:00 da Umidaxon pul olish vaqtida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 20 yoshli tovlamachi qiz qo‘lga tushdi