18:08 / 23.10.2020
2 188

Mirobodda yana ikki oila yarashdi

Mirobodda yana ikki oila yarashdi
Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 20.08.2015 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor M.N.Tursunovdan undiruvchi D.A.Tursunova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun xar oylik ish haqi va boshqa daromadlarinig 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 05.06.2017 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro hujjati qo‘zg‘atilib qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Huddi shunday, qarzdor M.A.Rashidovdan undiruvchi G.D.Badiryan foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti us\chun xar oylik ish haqi va boshqa daromadlarinig 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi. Qarzdorlarning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi bugungi kunga qadar 30 mln. so‘mdan oshgan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, endilikda ushbu oilalarning bir butligi ta’minlandi, o‘z navbatida, farzandlari ham ota-onalarining bag‘rida ulg‘ayadigan bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirobodda yana ikki oila yarashdi