00:10 / 24.10.2020
3 750

O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda

O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva O‘zbekistonda COVID-19 bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilayotganini ma’lum qildi.

«COVID-19 bu — yangi infeksiya. Organizmda bu virusga qarshi antitana ishlab chiqariladi. Ammo antitanalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim», — deydi Nargiza Nurullayeva.

Sentabr oxirlarida O‘zbekistonning bosh sanitar inspektori va Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi bilan qaytadan kasallanish masalasida aholi tomonidan berilayotgan savollarga javob qaytarib, «bu epidemik mavsumda COVID-19 bilan qayta kasallanish ehtimoli yo‘q»ligini aytgandi.

O‘shanda Otabekov dunyoda COVID-19 yoppasiga qaytadan hammada qayd etilishi to‘g‘risida bironta ham asoslangan ilmiy ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagandi.

Shuningdek, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasining bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova ham avgust oyining boshlarida O‘zbekistonda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlarning qayta kasallanishi holatlari kuzatilmaganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda