16:34 / 24.10.2020
2 212

OTMga kirishda maktab baholari inobatga olinadi

OTMga kirishda maktab baholari inobatga olinadi
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Unda ishtirok etayotgan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilari so‘nggi olti yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi haqida gapirdi.

Xalq ta’limi vazirining ta’kidlashicha, bu prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi.

O‘quvchi maktabda 11 yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya’ni, oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, - dedi Sherzod Shermatov.

Uning ma’lum qilishicha, o‘quvchilarning 7-sinfdan boshlab, professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun kichik mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMga kirishda maktab baholari inobatga olinadi