12:00 / 25.10.2020
2 762

Zangiotada mast haydovchi YPX xodimlaridan qochib, jo‘xori poyalari ichiga yashirinib oldi

Zangiotada mast haydovchi YPX xodimlaridan qochib, jo‘xori poyalari ichiga yashirinib oldi
Kadr: Telegram
Toshkent viloyati Zangiota tumanida o‘tkazilgan tungi reyd tadbirlar davomida YPX xodimlari ta’qibidan makkajo‘xori poyalari ichiga qochib ketgan mast haydovchi ushlandi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, reyd davomida «VAZ-2106» rusumli transport vositasiga to‘xtash ishorasi berilgan. Ammo haydovchi inspektorning ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘lida davom etgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida avtomobil to‘xtatilgan, haydovchi esa mashinadan tushib dala tomonga qochib ketgan.

Uning ortidan borgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari haydovchini jo‘xori poyalari ichiga berkingan joyidan topib kelgan. Aniqlanishicha, haydovchi mast bo‘lgan va uning yonida tegishli hujjatlar ham bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada mast haydovchi YPX xodimlaridan qochib, jo‘xori poyalari ichiga yashirinib oldi