18:12 / 26.10.2020
683

Farzand tuzalguniga qadar qatiy summani undirish uchun qarzdor otaning avtomashinasi xatlandi

Farzand tuzalguniga qadar qatiy summani undirish uchun qarzdor otaning avtomashinasi xatlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 05.04.2018 yildagi №1-2679/18-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Gorbunovdan undiruvchi Yu.Nevporannaya foydasiga 01.03.2018 yildan boshlab, ¼ qism miqdorida aliment undirish xaqidagi ijro xujjati 30.04.2018 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ushbu kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” qaror qabul qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 08.09.2020 yildagi №1-3033/20-2-1001-2009/1793-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdordan bir nafar voyaga yetmagan farzandining 26.02.2020 yildan boshlab, farzandi tuzalguniga qadar bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida qatiy summa undirish haqidagi ijro xujjati 12.09.2020 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ushbu kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” qaror qabul qilingan.

Qarzdordan har oy davomida aliment to‘lab borishligi haqida O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan ogohlantirilib, majburiyatnoma olingan. Qarzdor tomonidan undiruvchi foydasiga 01.02.2019 yildan boshlab, 01.11.2020 yilga qadar alimentdan bo‘lgan qarzi 10.750.685 so‘mni va qatiy summadan bo‘lgan qarzi 26.02.2020 yildan 01.11.2020 yilga qadar 3.614.140 so‘mni, jami bo‘lib esa aliment qarzi 14.364.825 so‘mni tashkil etgan.

Biroq, qarzdor tomonidan aliment qarzlarini to‘lashdan bosh tortib kelgan. Majburiy ijro harakatlarida aniqlanishicha qarzdorning nomida bo‘lgan “LADA” rusumli avtomashina borligi aniqlangan. MIB tuman bo‘limi tomonidan ushbu avtomashinaga band solingan va xatlab olib qo‘yilgan. Qarzdorning aliment va qatiy summadan bo‘lgan qarzi 01.01.2021 yilga qadar qayta xisoblanganda 16.591.000 so‘mni tashkil qilgan.

Avtotrasport vositasi auksionga qo‘yish jarayonida qarzdor ota sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 16.600.000 so‘m undirib berilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)