17:00 / 27.10.2020
3 759

Amir Temur va boshqa temuriylarning qabrlari ochilishi (foto)

Amir Temur va boshqa temuriylarning qabrlari ochilishi (foto)
Foto: «O‘zarxiv»
«O‘zarxiv» agentligi Samarqandda joylashgan Go‘ri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabrining ochilishi jarayoni aks etgan ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi.

1941 yil Amir Temur qabrini ochish ekspeditsiyasiga Qori-Niyoziy (rais) va antropolog M.Gerasimov boshchilik qilgan. Ushbu fotohujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.

Foto: «O‘zarxiv»

Foto: «O‘zarxiv»

Foto: «O‘zarxiv»
Ma’lumot uchun, 1941 yilning aprel oyida O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari soveti hamda O‘zbekiston KP markaziy komiteti Alisher Navoiy yubileyining tadbirlarini o‘tkazish doirasida u yashagan davrni tarixiy, arxeologik va antropologik jihatdan o‘rganish maqsadida Navoiy komitetiga, Samarqanddagi Amir Temur, Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy daxmalarini ochishga ruxsat berish haqida qaror qabul qilgan.

Ushbu qarorga muvofiq, maqbarani ochish 1941 yili o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Alisher Navoiy tavalludining 500 yillik yubileyi munosabati bilan u yashagan davr tarixini chuqur o‘rganib, tarixiy dalillarni tekshirib olish maqsadida amalga oshirilgan edi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuzilib, unga ittifoqning mashhur olimlari jalb etilgandi.

Ekspeditsiya a’zolarining oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat edi: Temuriylar xilxonasida kimlar dafn etilganini aniqlash, dafn qilish urf-odatlarini o‘rganish, jasadlarni antropologik jihatdan to‘liq o‘rganish, Temuriylar haqidagi mavjud tarixiy manbalar hamda xalq orasidagi afsonalarning qay darajada to‘g‘riligini aniqlash. Shuningdek, Gerasimovga Temur va Temuriylar bosh chanoqlari asosida ularning yuz tuzilishini qayta tiklash vazifasi ham qo‘yilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amir Temur va boshqa temuriylarning qabrlari ochilishi (foto)