18:18 / 27.10.2020
2 069

Nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermagan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermagan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi
Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlarning asossiz o‘sib ketishining oldini olish va mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida soliq organlari xodimlari tomonidan soliq hamkor tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, hududlar bo‘yicha 16 ta bozor hamda mavjud chakana savdo shoxobchalariga davlat soliq inspeksiyalaridan mas’ul xodimlar biriktirildi. Joylarda aniqlangan narxlarning asossiz oshirilishi holatlari haqida zudlik bilan viloyat soliq boshqarmasiga axborot berilib, ularning har biri bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar viloyat aholisini asosiy 9 turdagi mahsulotlar, ya’ni go‘sht, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, un, o‘simlik yog‘i va shakar bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar barqarorligini saqlash belgilab olingan vazifalarni izchil amalga oshirish aholining osuda, to‘kin turmush kechirishiga xizmat qilmoqda.

Olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, ayrim savdo majmualarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishi holatlari kuzatilmoqda. Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan narx-navoni doimiy nazorat qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri Qibray tumanidagi “PAFIQA NRF” korxonasida o‘tkazildi. Aniqlanishicha, davlat narxi 5800 so‘m etib belgilangan shakar mahsuloti mazkur savdo majmuasida 6 400 so‘m miqdorida sotilgan.

Shuningdek, iste’molchilarga xaridlari uchun nazorat kassa mashinasidan xarid cheki berilmaganligi holatlari ham aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan qo‘yilgan xato va kamchiliklarni inobatga olgan holda tezkorlik bilan korxona rahbariga narx-navoning sun’iy oshirganligi uchun ogohlantirish berilib, iste’molchilarga nazorat kassa mashinasidan xarid cheki berilmaganligi ya’ni soliqqa oid huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun javobgarlik chorasi sifatida korxonaga nisbatan 5 mln. so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Ta’kidlash kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat bo‘yicha jami 158 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, chora ko‘rish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqbuzarlardan 529,2 mln.so‘mlik tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda olib qo‘yildi.

Jumladan:
54 holatda 87,2 mln. so‘mlik kartoshka;
12 holatda 7,9 mln.so‘mlik piyoz;
21 holatda 11,7 mln.so‘mlik o‘simlik yog‘i;
40 holatda 116,6 mln.so‘mlik boshqa turdagi tovarlar olindi.

Mazkur profilaktik tadbirlar viloyat bo‘yicha davom etmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermagan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi