09:30 / 28.10.2020
1 935

5ta OTM bakalavriatga kirish imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi

5ta OTM bakalavriatga kirish imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi
Xorijiy OTMlar bilan transformatsiya qilish uchun 5ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinmoqda. Ular qabul parametrlarini mustaqil belgilaydi, bakalavriat imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi.

27 oktabrda imzolangan hukumat qarori bilan 2021 yil 1 martga qadar xorijiy OTMlar bilan transformatsiya qilish uchun 5ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

2021/2022 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformatsiya qilinadigan oliy ta’lim muassasalarida:
- bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi;
- bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o‘tkaziladi;
- ta’lim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5ta OTM bakalavriatga kirish imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi