Foto: «Yangi O‘zbekiston»
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani Qipchoq daryo ovuli hududiga osmondan shar shaklidagi metall jism tushdi.
Voqea guvohlaridan biri bo‘lgan Sabir Karamatdinovning aytishicha, dastlab osmonda 3-4 marotaba portlash ovozi eshitilgan, keyin esa noma’lum jism katta tezlikda uchib kelib yerga urilgan. Shar shaklidagi ushbu jism undan taxminan 100 metrlar uzoqlikka tushgan. Shundan so‘ng, oradan 10 minutlar o‘tib, u sharning yoniga borgan va uni qo‘li bilan ushlab ko‘rganida issiq ekanligini bilgan.
Yana bir guvoh Feruza Karamullayevaning so‘zlariga ko‘ra, shar ko‘rinishidagi jismning bir tomoni biroz o‘yilgan. U bolalaridan sharni rasmga olishni so‘ragan. Keyin bu suratlarni internet tarmog‘iga tarqatgan. «Qaraqalpaqstan» telekanali «Xabar» dasturi muxbiri voqea joyiga borgan. Ammo voqeaga guvoh bo‘lgan Sabir Karamatdinov bilan uchrasha olmagan.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining yozishicha, Mo‘ynoq hokimligi matbuot xizmati ham yuqoridagi xabarni tasdiqlagan. Osmondan tushgan metallning nima ekani soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi kutilmoqda.
Internet ma’lumotlariga ko‘ra, bunday shar 2011 yilda Nambiyaga, 2012 yilda Braziliyaga ham tushgan. Xuddi shunday holat 2018 yilda Peruda ham kuzatilgan. Peruga shar osmondan tushib, yerda 30 santimetrlik chuqurlik hosil qilgan. Sharning og‘irligi 40 kilogrammni, diametri esa bir metrni tashkil etgan.
New York Times’ning yozishicha, bunday sharlar aslida reketaning bir qismi bo‘lib, yerga yana qaytib tushgan kosmik chiqindidir. Sharlar yoqilg‘i solinadigan idish bo‘lib, ko‘pincha raketaning omon qoladigan yagona qismi hisoblanadi. Kosmik chiqindi atmosferaga tushganida kuchli ishqalanishga uchraydi va bu uning qizishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!