18:18 / 29.10.2020
2 076

1 mln. so‘m pul qarzdor otani qamoqdan qutqarib qololmadi

1 mln. so‘m pul qarzdor otani qamoqdan qutqarib qololmadi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor N.G‘. dan to‘rt nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha MIB Toyloq tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Uning alimentdan qarzdorligi hisoblanganda bugungi kun holatida 19 mln. 229 ming so‘m qarzdorligi mavjud edi.

Qarzdordan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47⁴-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rish uchun Urgut tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Jazodan qutilib qolish maqsadida sudga 1 mln. so‘m pul olib kelgan N.G‘. ga nisbatan Urgut tuman ma’muriy sudining qarori bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 mln. so‘m pul qarzdor otani qamoqdan qutqarib qololmadi