22:50 / 29.10.2020
1 848

Jazodan ozod qilingan og‘ufurushlar qayta jinoyatga qo‘l urishdi

Jazodan ozod qilingan og‘ufurushlar qayta jinoyatga qo‘l urishdi
Giyohvandlik asr vabosi! Darhaqiqat bu illatning qanchalik dahshatli ekanligi uning necha-necha oilalarning yostig‘ini quritganligi, qanchadan qancha begunoh go‘daklarning nogiron bo‘lib tug‘ilishi va ularning yetim o‘sishiga sababchi bo‘layotganligi bunga dalolatdir.

Biroq giyohvand moddalar savdosidan o‘ziga mo‘maygina daromad topmoqchi bo‘lganlar ham afsuski yo‘q emas. 2020 yil iyul oyining 14 kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi ochiq sud majlisi sudya Z.Ibragimovning raisligida sudlanuvchi H.Ayupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Sudlanuvchi H.Ayupov, 2020 yil 11 iyun kuni soat 13:00larda Nurota tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tezkor profilaktik tadbiri davomida, Nurota tuman “Amir Temur” MFY, S.Eshon qishlog‘i hududida joylashgan “Ergash ota chorvalari” fermer xo‘jaligining ekin maydoni ko‘zdan kechirilganda ekin maydoni ichida Navoiy viloyati IIB EKBning 12.06.2020 yilgi №86-sonli sudga oid kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, taqiqlangan ekin hisoblangan bir tup biologik pishib yetilmagan “kannabis” o‘simligi mavjudligi aniqlanib, ushbu 1 (bir) tup giyohvandlik o‘simligi daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Sud ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, dalillarga baho berib, sudlanuvchiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Sudlanuvchi H.Ayupov ko‘ziga yosh olib qilmishidan ming pushaymon ekanligini, boshqa bu jinoyatni takrorlamasligini bot-bot takrorlagan bo‘lsada, muqaddam ham shu qora kursida o‘tirib, shu so‘zlarni aytishganligi uning pushaymonligini shubha ostida qo‘yadi.
Zero, endi uning qilmishiga yarasha jazo kutmoqda.

Norbibi Shodiyeva,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi
bosh mutaxassisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jazodan ozod qilingan og‘ufurushlar qayta jinoyatga qo‘l urishdi