14:33 / 30.10.2020
1 008

O‘zbek qovunlari “Euronews” e’tirofida

O‘zbek qovunlari “Euronews” e’tirofida
Ayni kunlarda mamlakatimiz yetishtirilgan ekologik jihatdan toza, tabiiy darmondorilarga boy meva-chevalarimiz jahon bozorida tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda.

Yurtimiz bog‘larida sharbatga to‘lib pishgan uzum, o‘rik, gilos, anor, qovun singari mahsulotlar bugungi kunda dunyoning turli qit’alariga eksport qilinyapti.

Yaqinda dunyoga mashhur “Euronews” axborot agentligi tomonidan o‘zbek qovunlari haqida so‘z yuritilib, teletomoshabinni o‘ziga mahliyo etadigan ajoyib lavhalar namoyish etildi.

— Beshariqlik mirishkorlar qishki va bahorgi mavsum uchun sifatli qovun navlarini saqlash va MDH davlatlariga eksport qilish borasida katta tajribaga ega,-deydi qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Sadriddin Ortiqov. – Agar hayotiy tajribalar ilm-fan yutuqlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirilsa, Farg‘ona qovunlarini Yevropa va Osiyo qit’asi mamlakatlariga eksport qilish hajmini yanada oshirish mumkin.

B. Madiyorov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)