15:39 / 30.10.2020
2 235

Qanday holatlarda koronavirusni qayta yuqtirganlik haqida taxmin qilish mumkin?

Qanday holatlarda koronavirusni qayta yuqtirganlik haqida taxmin qilish mumkin?
Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi:

— Sizda koronavirusning belgilari (haroratning oshishi, holsizlik, yo‘tal va h.k.) faol kuzatilgan holda shifokorga murojaat qilganingizda;
— Koronavirusga chalingan inson bilan muloqotga kirishganingizda;
— Barcha analizlar qayta yuqtirishni tasdiqlaganda, ya’ni PZR testda antigenlar normadan yuqori bo‘lsa, bu titr infeksiyaning qayta yuqqanligi va faol fazada ekanini bildiradi.

Bu holda qayta yuqish holati qayd etiladi va statistikaga kiritiladi. Unutmaslik kerakki, bu yangi virus hamda organizmning unga birlamchi va ikkilamchi munosabati butun dunyoda hali to‘liq o‘rganilmagan. Shunday ekan, aholidan turli asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni va axborotni filtrlashni so‘raymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday holatlarda koronavirusni qayta yuqtirganlik haqida taxmin qilish mumkin?