10:22 / 31.10.2020
1 543

Qarzdorlardan 771,5 mln. so‘m bank foydasiga undirildi

Qarzdorlardan 771,5 mln. so‘m bank foydasiga undirildi
Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudining 23.01.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi "O‘zsanoatqurilishbank" ATB foydasiga qarzdorlar I.Jankuzov va boshqalardan jami 771.506.920 so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.

MIB tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlarga nisbatan qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘alshlik uchun vaqt berilgan. Lekin qarzdorlar bank oldidagi qarzni o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelishgan.

MIB tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, natijada bo‘lim davlat ijrochisi D.Kasimov tomonidan bank foydasiga 771.506.920 so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirib berilib, ijro hujjati tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlardan 771,5 mln. so‘m bank foydasiga undirildi