13:32 / 02.11.2020
1 807

Aholi daromadi qancha yuqori bo‘lsa, avtohalokatdan o‘limlar soni shuncha kam bo‘ladi

Aholi daromadi qancha yuqori bo‘lsa, avtohalokatdan o‘limlar soni shuncha kam bo‘ladi
Yangiliklar lentasining biror kuni jiddiy avariyalarsiz bo‘lmasligiga ko‘nikib ham qoldik. Dunyo miqyosida avtomobillar soni oshib borishi bilan yo‘l-transport hodisalari ham parallel ravishda ko‘paymoqda. Bu esa o‘z navbatida YTH oqibatidagi o‘limlar soni oshishiga olib kelmoqda.

Quyidagi faktlar bu muammoning naqadar jiddiylashib borayotganining isbotidir.
  • Hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari tufayli davlatlar yalpi ichki mahsulotining 1-3 foizgachasini yo‘qotar ekan.
  • Har yili yo‘llardagi baxtsiz hodisalar tufayli 20-50 million kishi jarohatlanadi, o‘rta hisobda 1,2 mln kishi vafot etadi. Hozirdanoq umumiy o‘lim sababchilari orasida avariyalar kuchli beshlikka kirib bordi.
  • JSST ma’lumotiga ko‘ra, YTH oqibatidagi o‘lim holatlarining 90 foizdan ortig‘i aholi daromadlari o‘rta va past bo‘lgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, bu mamlakatlardagi avtomobillar soni dunyodagi jami avtomobillar sonining yarmidan kam.
  • Har kuni kamida 3–3,5 ming kishi YTH natijasida halok bo‘ladi va ularning chorak qismi – 15–29 yoshdagilardir. O‘lim holatlarining yarmi piyodalar, motosikl va velosiped haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
  • O‘lim bilan tugagan birinchi YTH 1869 yilda qayd etilgan. Paromobil britaniyalik Meri Uordni og‘ir g‘ildiraklari bilan yanchib ketgan. Ammo texnik muammo bilan bog‘liq o‘lim oldinroq kuzatilgan – 1834 yilda paramobil bug‘qozonining portlashi natijasida bir necha kishi halok bo‘lgan.
  • Muammo jiddiyligini hisobga olgan BMT bosh assambleyasi 2005 yilning oktabr oyida «Butunjahon yo‘l-transport hodisalari qurbonlarini xotirlash kuni»ni nishonlashni taklif etgan.
  • 2016 yilning may oyida haydovchisiz avtomobil ishtirokidagi ilk YTH qayd etilgan. Floridada Tesla Model S avtomobili osmon yorqinligi tufayli oldindagi mashinani payqamay qolgan.
  • Rossiyada har yili o‘rta hisobda 30 ming kishi YTH qurboni bo‘ladi. Bu har yili kichik shahar aholisi butunlay qirilib ketishi bilan teng. O‘zbekistonda 2017 yilda 2473 kishi, 2018 yilda esa 2262 kishi YTH qurboni bo‘lgan. Garchi bir yil ichida 8,5 foiz pasayishga erishilgan bo‘lsa-da, bu har har kuni 6 kishi avariya tufayli o‘layotganini anglatadi.
  • 2020 yilning 9 oyida (yanvar–sentabr oylarida) O‘zbekistonda 4294 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan va ro‘y bergan YTHlar oqibatida 1293 ta o‘lim holati qayd etilgan. Jami 3886 kishi tan jarohati olgan.

Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholi daromadi qancha yuqori bo‘lsa, avtohalokatdan o‘limlar soni shuncha kam bo‘ladi