07:35 / 03.11.2020
2 935

Abdurahmon Meshayan: "Hidoyat muborak jigarim!"

Abdurahmon Meshayan: "Hidoyat muborak jigarim!"
Yonimdagi yigitcha – opamning o‘g‘li Artyom! Otasi – rus, onasi – armani. Ilk bor juma namoziga kelishi.
Allohga iymon keltirganidan so‘ng birga masjidga kirdik. Bugun quloqlarim eshitgan eng go‘zal kalom – uning shahodat kalimasini aytishi bo‘ldi.

Yaqindagina kelinoyimga: “Farzandlaringizning ikkalasiyam qiz, bittasi bo‘lsayam o‘g‘il bola bo‘lsa, masjidga yetaklab borardim” deb armon qilgandim. Alloh boshqa tarafdan orzumni amalga oshirdi O‘ziga behisob shukr!

Musulmon bo‘lganimga o‘n to‘rt yildan oshganda eng baxtli xam g‘amgin kunlarimdan biri bu.
Men o‘n olti yoshda jiyanim o‘n uch yoshda Allohni tanishga urinishni boshladi. Alloh qalbini Islomga yanada ko‘proq xayrixoh qilsin!

Amiyn!

Go‘dakligida cho‘qintirilganligi ham, bo‘yniga xoch osganlari ham foyda bermadi, bolaning qalbi Muhammad Alayhissalomga ummat bo‘lishini istadi.

Islomga qiziqishiga sinfdoshi Odil degan yigitcha sababchi bo‘libdi. Minnatdorchilik yuzasidan uni joynamozu mushk-anbarlarga, kitoblarga ko‘mib tashlayman endi!

Mo‘’jizaga guvoh bo‘lib turibman, o‘n daqiqa avval masjid eshigidan nasroniy bo‘lib kirgan bolakay masjid eshigidan musulmon bo‘lib chiqyapti InshaAlloh!

Negadir xursandchiligimdan ko‘ra qo‘rquvim ko‘proq, niyatim hech qachon yo‘ldan ozmasin!

Abdurahmon Meshayan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdurahmon Meshayan: "Hidoyat muborak jigarim!"