10:22 / 03.11.2020
2 743

Olimlar koronavirus kimlarda uzoqroq davom etishini aniqlashdi

Olimlar koronavirus kimlarda uzoqroq davom etishini aniqlashdi
Foto: «Ocoronavirus.ru»
London Qirollik kolleji olimlari «Covid Symptom Study» dasturi yordamida COVID-19ning uzoq davom etadigan turiga kimlar ko‘proq duchor bo‘lishini aniqlashdi. Bu haqda «Express» portali xabar berdi.

Tadqiqotchilar koronavirusga chalingan har yigirmanchi bemor sakkiz hafta va undan ko‘p vaqt davomida kasallik alomatlaridan qiynalishini ma’lum qilishdi. Aslida COVID-19 qancha davom etishini kasallik boshlangadayoq bilsa bo‘ladi.

«Kasallikning birinchi haftasida bemorda qancha ko‘p alomatlar namoyon bo‘lsa, uzoq davom etadigan COVID-19 ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi», — deyiladi maqolada.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kasallik davomiyligi bemorning yoshi, jinsi va tana vazni indeksiga bog‘liq.

Olimlar koronavirusga chalingan qariyb 4200 bemorning ma’lumotlarini o‘rganishib, bemorning yoshi qancha katta bo‘lsa, COVID-19ning uzoq davom etish ehtimoli shuncha yuqori bo‘lishini aniqlashdi. Shunga ko‘ra, 18 — 49 yoshlardagi bemorlarning taxminan 10%ida kasallik cho‘ziladi, 70 yoshdan oshganlarda esa bu ko‘rsatkich 22%ga yetadi.

Shuningdek, tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan kishilar COVID-19dan uzoqroq aziyat chekishadi. Bundan tashqari, erkaklarda kasallikning uzoq davom etishi ayollarga qaraganda bir yarim baravar ko‘p uchraydi. Biroq bu, eng avvalo, yosh bemorlarga taalluqli. Bundan tashqari, astmasi bor bemorlarda ham bunday xavf yuqori.

Koronavirus pandemiyasi dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarni qamrab oldi. Hozirgi vaqtda 47 million kishi koronavirusga chalingan, 1,2 million bemor vafot etdi. 33,8 million kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Kasallanishlar soni eng ko‘p AQSH, Hindiston va Braziliyada kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirus kimlarda uzoqroq davom etishini aniqlashdi