09:32 / 04.11.2020
1 965

Ekspertlar: gripp vaksinatsiyasi COVID-19 tarqalishini kamaytiradi

Ekspertlar: gripp vaksinatsiyasi COVID-19 tarqalishini kamaytiradi
Grippga qarshi emlanish koronavirusni yuqtirish hamda COVID-19 tarqalish xavfini kamaytiradi. XXR tibbiyot xodimlari ana shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi «Parlamentskaya gazeta».

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gripp bilan kasallangan odam koronavirusni ham yuqtirib olishi hech gap emas. Chunki u kasallanish ehtimoli yuqori bo‘lgan poliklinikaga borishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, grippga duchor bo‘lgan bemorlar bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladigan shifokorlar koronavirusga qarshi kurashishdan chalg‘ib qolishadi.

Natijada yangi virusning tarqalishiga qarshi yetarlicha chora ko‘rilmaydi. Va, nihoyat, bordi-yu, koronavirusga chalingan bemor gripp bilan ham kasallanib qoladigan bo‘lsa, hozirgi kunda ommalashgan dori-darmonlar va davolash usullari yordam bermasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspertlar: gripp vaksinatsiyasi COVID-19 tarqalishini kamaytiradi