18:00 / 04.11.2020
1 991

Og‘ufurushning qilmishlariga chek qo‘yildi

Og‘ufurushning qilmishlariga chek qo‘yildi
Giyohvandlik asr vabosi! Darhaqiqat bu illatning qanchalik dahshatli ekanligi uning necha-necha oilalarning yostig‘ini quritganligi, qanchadan qancha begunoh go‘daklarning nogiron bo‘lib tug‘ilishi va ularning yetim o‘sishiga sababchi bo‘layotganligi bunga yorqin misoldir.

Farzand - Allohning ne’mati. Har bir inson farzandli bo‘lganida naqadar baxtli bo‘ladi! Lekin farzand tarbiyasi kishiga barcha ishlaridan ko‘ra ko‘proq ma’suliyat yuklaydi.

Mirjalol yoshligidan sho‘x, shaddod bola edi. Oilada yagona o‘g‘il farzand bo‘lganligi uchun otasi G‘anijon aka uni juda erkalatib yuborgandi. Opalari esa uni boshida ko‘tarib, yer-u ko‘kka ishonishmasdi. Shu zayl u katta bo‘lib maktabga bordi. Maktabda ham, kollejda ham to‘polonchi, bezori, yaramas bola bo‘ldi. Ota-onalar majlisiga borganda, “Bola bo‘lsa-sho‘x bo‘lsin” “O‘g‘il bola sho‘x bo‘ladi-da!” – deb ustozlarini gapiga quloq solmasdi. Kollejni bitirgandan so‘ng, otasi “Matiz” rusumli avtomashina olib berdi. Mirjalol taksichilik qildi. Shunda ham avtohalokat sodir etdi. Unga nisbatan jinoyat ishi JKning 661- moddasiga ko‘ra yarashuv asosida tugatilgandi.

Mirjalolning oxirgi paytlarda xayoli joyida emas, garangsirab, ko‘p tovdiraydigan, uyqusida ham halovat yo‘q edi. Mirjalol Andijonga ko‘p boradigna bo‘lib qoldi. Ayoli ham, otasi ham so‘rasa “ish yuzasidan” deb boradigan bo‘ldi. Endi u giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadigan guruhlarga qo‘shilib kolgan edi.

2020 yil oktabr oyining 6 kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi ochiq sud majlisi sudya Z.Ibragimovning raisligida sudlanuvchi Abdullayev Mirjalol G‘anijonovichga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Sudlanuvchi M.Abdullayev, 2020 yil 12 mart kuni soat 09:30 larda qismi alohida ish yurituvga ajratilgan shaxs bilan bir guruh bo‘lishib, oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, uning tergovda aniqlash imkoni bo‘lmagan uyali telefon raqamiga o‘zining +(91)334-11-35 abonent raqamidan qo‘ng‘iroq qilib, boshqaruvidagi davlat raqami 60E 989 GA bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinada Nurota tumanidan Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumaniga “tramadol lannaxer” giyohvandlik vositasi va “Pfizer PGN 300” kuchli ta’sir qiluvchi moddasini sotib olish uchun borayotganligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, u jinoiy harakatlarini amalga oshirish maqsadida, 2020 yil 13 mart kuni qismi alohida ish yurituvga ajratilgan shaxsning tergovda aniqlash imkoni bo‘lmagan uyali telefon raqamiga o‘zining +(91)334-11-35 abonent raqamidan qo‘ng‘iroq qilib, belgilangan joyga yetib kelganligini, “tramadol lannaxer” giyohvandlik vositasi va “Pfizer PGN 300” kuchli ta’sir qiluvchi moddasini olib kelishini aytgan va oradan bir muncha vaqt o‘tib, soat 08:30 larda, uning yoniga kelib uchrashgan 2000-2005 yillarda Andijon viloyatida tug‘ilgan, dastlabki tergov davomida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan shaxsdan Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limining 2020 yil 14 mart kungi 29-sonli xulosasiga ko‘ra, 100 dona blesterda bo‘lgan jami 996 dona, sof og‘irligi 49,8 gramm bo‘lgan “tramadol lannaxer” giyohvandlik vositasini o‘rtalarida oldindan bo‘lgan kelishuvga muvofiq 6.000.000 so‘m evaziga sotib olgan.

Nurota tuman IIB va DXX Navoiy viloyati boshqarmasining Nurota tuman bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan “Tozalash antiterror” tezkor tadbiri davomida M.Abdullayev noqonuniy giyohvandlik vositasi savdosida gumonlanib, o‘z boshqaruvida bo‘lgan davlat raqam belgisi 60Е 989 GA, “Lasetti” rusumli avtomashinasida Nurota tumani hududidagi Samarqand-Nurota 4R 55-avtomobil yo‘lining 121 kilometrida harakatlanib kelayotganida, tuman IIB YXHG xodimlari tomonidan to‘xtatilib, avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganida, avtomashinaning old o‘rindig‘i cho‘ntagida turgan qora rangli selofan paketga o‘ralgan, 100 dona blesterda bo‘lgan jami 996 dona “tramadol lenaxer” giyohvandlik vositasi va “neoderm” nomli qutida 28 dona “Pfizer PGN 300” nomli kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Sud ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, dalillarga baho berib, sudlanuvchi Abdullayev Mirjalol G‘anijonovichga nisbatan 273-moddasi 3-qismi “b” bandi hamda 2511-moddasi 2-qismi bilan JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil muddati 5 (besh) yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 96-moddasiga asosan sudlanuvchi giyohvandlikdan tibbiy yo‘sindagi majburiy davolanish chorasi qo‘llanildi.

Aslida, sudlanuvchi M.Abdullayevning voqealarning bunday rivojini kutmaganligi, giyohvandlik moddasini o‘zining iste’moli uchun olib kelganligi, qilmishidan pushaymonligi takrorlanayotgan bo‘lsada, endi uning qilmishiga yarasha jazo kutmoqda.
Zero, “Qilmish-qidirmish!” degan naql bejizga aytilmagan.

Zafar Ibragimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Og‘ufurushning qilmishlariga chek qo‘yildi