07:33 / 05.11.2020
2 878

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga rahbar tayinlandi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga rahbar tayinlandi
Ayni paytda Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Tojiboyev Anvarjon Yo‘ldoshevich “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Anvarjon Tojiboyev faoliyati davomida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktor yordamchisi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ijodiy birlashmalarni rivojlantirish va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi masul vazifalarda samarali mehnat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga rahbar tayinlandi