13:07 / 05.11.2020
2 175

Noyabr-dekabr oylarida keng ko‘lamli antikorrupsiya haftaliklari o‘tkaziladi

Noyabr-dekabr oylarida keng ko‘lamli antikorrupsiya haftaliklari o‘tkaziladi
Agentlik saytida yozilishicha, haftaliklar 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunini O‘zbekistonda ham keng nishonlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, vazirliklar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Haftalik doirasida bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalliy va xalqaro ekspertlarning fikr va takliflarini o‘rganish, shuningdek, istiqboldagi dolzarb vazifalar va tendensiyalarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy anjumanlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, vazirlik va idoralarda OAV va keng jamoatchilik vakillari uchun ochiq eshiklar kuni, barcha hududlarda yoshlar ishtirokida ijtimoiy so‘rov va aksiyalar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar o‘tkaziladi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi», – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tadbirlar sanasi, o‘tkazilish joyi va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar Agentlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muntazam e’lon qilib boriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noyabr-dekabr oylarida keng ko‘lamli antikorrupsiya haftaliklari o‘tkaziladi