19:36 / 06.11.2020
2 074

Prezident yig‘ilishida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish choralari belgilandi

Prezident yig‘ilishida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish choralari belgilandi
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidagi muammolar tahlil qilinmoqda.
Prezident endi vazirlik faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmasligi, bosh shifokorlar, vrach yoki boshqa tibbiyot xodimlari ularga tegishli bo‘lmagan birorta qo‘shimcha ishlarga jalb qilinmasligini ta’kidlab o‘tgan.

Qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori zimmasiga 146 turdagi kasallikka diagnoz qo‘yish va davolash, 213 turdagisiga birlamchi diagnoz qo‘yish va yo‘llanma berish, shuningdek, reabilitatsiya, dispanserizatsiya va profilaktika bo‘yicha juda ko‘p vazifalar yuklatilgan.

Shu bois davlat rahbari qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardagi tibbiy xizmat tizimi, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining vazifa va funksiyalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytdi.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish choralari belgilandi. Ularga yordam berish uchun terapiya, pediatriya, akusherlik va patronaj bo‘yicha tibbiyot brigadalari tashkil etiladi. Bu brigadalar o‘zlariga biriktirilgan oilalar kesimida «tibbiy xarita»lar shakllantirib, manzilli ish olib boradi. Aholining salomatlik holati baholanib, elektron bazasi yaratiladi. Buning uchun tibbiyot xodimlari planshet, mobil diagnostika vositalari bilan ta’minlanadi.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador, tug‘ish yoshidagi va 35 yoshdan oshgan ayollar, 40 yoshdan oshgan shasxlar doimiy nazoratga olinib, skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi. Kasallikka moyil bo‘lganlar individual patronajga olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yig‘ilishida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish choralari belgilandi