20:43 / 07.11.2020
1 793

Qoraqalpog‘istonda birdaniga uchta yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘istonda birdaniga uchta yangi hokim tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Qorao‘zak, Chimboy tumanlarida hokimlar o‘zgardi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nukus shahriga Panayev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U.Panayev shu vaqtga qadar «Titan sement» MCHJ O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri «Titan DSZ» MCHJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Qorao‘zak tumanida ham hokim o‘zgardi. Bundan buyon Qorao‘zak tumanini Utambetov Uzaqbergen boshqaradi. U.Utambetov avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Nukus shahri va Qorao‘zak, Chimboy tumanlarining avvalgi hokimlarining qaysi ishga joylashgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda birdaniga uchta yangi hokim tayinlandi