19:00 / 08.11.2020
1 815

«Kim O‘zbekistonda millatni sog‘lom qiladi? Faqat shifokorlar»

«Kim O‘zbekistonda millatni sog‘lom qiladi? Faqat shifokorlar»
Prezident matbuot xizmati tibbiyot xodimlari kasb bayramiga atab videorolik taqdim etdi. «Mehnatingiz qadri baland, Ibn Sino izdoshlari!», deb nomlangan ushbu videorolikda Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlari haqidagi nutqi ham keltirilgan.

«Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, O‘zbekiston tibbiyot maktabi an’analarining davomchilari bo‘lgan siz azizlar o‘z faoliyatingizni, olijanob burchingizni bundan buyon ham sharaf bilan ado etasizlar, deb ishonaman. Zamonamizning chinakam qahramonlari bo‘lgan siz tibbiyot xodimlari bilan barchamiz faxrlanamiz. Juda ko‘p qadamlar qo‘ydik, juda katta zaminlar yaratdik, jonajon O‘zbekistonimizning, yangi O‘zbekistonimizning ertangi kunida juda katta marrani kim bajara oladi, faqat sog‘lom zurriyot, sog‘lom millat bajara oladi. Kim O‘zbekistonda millatni shunday sog‘lom qiladi? Faqat shifokorlar», — degan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi har yili Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda sohaning barcha vakillarini kasb bayram bilan tabriklagandi.

Davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda Sirdaryo misolida kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalar paketlari ishlab chiqilishi, oilaviy shifokorga yordam beradigan «tibbiyot brigadalari» tashkil etilishi, chekka hududlardagi muassasalarga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i berilishi ma’lum qilingan.

O‘zbekistonning har bir viloyatida «tibbiyot klasterlari» tashkil etilishi belgilab olingan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda birlamchi bo‘g‘inning kamida 50 foiz ishi aholini to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy tarbiyaga o‘rgatish bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kim O‘zbekistonda millatni sog‘lom qiladi? Faqat shifokorlar»