20:51 / 08.11.2020
2 201

Gulistonda YHXBning Mercedes mashinasi «Niva»ni urib ag‘darib yubordi

Gulistonda YHXBning Mercedes mashinasi «Niva»ni urib ag‘darib yubordi
Foto: Telegram / Sirdaryo
Ijtimoiy tarmoqlarda «Gulistonda ‘GAI’ xizmat mashinasi Mercedes va Niva to‘qnashdi» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Unda aytilishicha, svetofor qizil chirog‘idan o‘tib ketgan YHXB xizmat mashinasi zarb bilan urilishi oqibatida Niva ag‘darilib ketgan. Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, 7 noyabr kuni soat 08:20 larda Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismidan Guliston shahar hududida IIB xodimi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, Guliston shahar Guliston ko‘chasi hamda O‘zbekiston shox ko‘chasi kesishmalarida shahar YHXBga tegishli Mercedes Ye-240 rusumli avtomashinasi bilan oq rangli Niva («Lada 4x4») avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashinalar turli xil ko‘rinishda texnik shikastlangan.

Hodisa oqibatida Niva haydovchisi va uning yo‘lovchisi tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialining tez yordam bo‘limiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulistonda YHXBning Mercedes mashinasi «Niva»ni urib ag‘darib yubordi