13:04 / 09.11.2020
2 136

Oltiariqda 17 ta muzlatkich xatlandi

Oltiariqda 17 ta muzlatkich xatlandi
Majburiy ijro byurosi Oltiariq bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 03.06.2019 yildagi 4-1504-1902/795-sonli ijro varaqasiga asosan “Ozod export” va “Azia fruit lines” mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridan MIb Milliy banki Farg‘ona filiali foydasiga 3 mlrd. 70 mln so‘m kredit qarzini undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud.

Qarzdor jamiyatlar bankdan kredit mablag‘ini olishga olganu lekin uning tani va foizlarini qaytarishga kelganida mas’uliyatdan qochishgan. Shu sababli, bank sud orqali kredit qarzini undirishni garovga qo‘yilgan Oltiariq tumani, Qapchug‘ay qishlog‘ida joylashgan meva-sabzavotlarni saqlash korxonasidagi 17 ta komplekt muzlatkich kameralariga qaratgan.

“Ozod export” va “Azia fruit lines” MCHJlarning ortiqcha oh-vohlarini yuqori turuvchi sudlar ham inobatga olishmadi, chunki 3 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘larni ajratilgan vaqtda tuzilgan shartnoma talablarini qo‘pol ravishda buzishgan.

Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlarga sud ijro varaqasida ko‘rsatilgan kredit qarzni to‘lab qo‘yishlari uchun belgilangan ixtiyoriy muddat davomida to‘liq qarzdorlik tugul eski kredit qarzlari ham to‘lab berilmagan.

Shundan so‘ng, “Ozod export” va “Azia fruit lines” MCHJlarga tegishli narxi 3 mlrd. so‘m bo‘lgan 17 ta komplekt muztakich kameralari xatlab qo‘yildi va bular onlayn savdolar orqali sotilib kredit qarziga yo‘naltiriladi. Shu yerda tabiiy savol tug‘iladi, tadbirkorlar bankdan 3 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘i olishdan avvalroq biznes rejani puxta ishlab chiqishmaganmikin yoki o‘zlari kredit qarzini to‘lashni istashmadimi?!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oltiariqda 17 ta muzlatkich xatlandi