10:01 / 10.11.2020
1 356

Bosh prokuror: Hokimliklarda korrupsiya ko‘paysa ko‘payyaptiki, lekin kamayishidan darak yo‘q

Bosh prokuror: Hokimliklarda korrupsiya ko‘paysa ko‘payyaptiki, lekin kamayishidan darak yo‘q
O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘nggi 2 yilda 95 nafar hokimlik xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi. Ular, asosan, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi.

- "Bugungi kunda hokimliklar faoliyatida korrupsiyaviy holatlar ko‘paysa ko‘payyaptiki, lekin kamayishidan darak yo‘q. Hokimliklar tomonidan budjet mablag‘larini sarflashda jiddiy qonun buzilish holatlari uchramoqda. Davlat moliyaviy nazorat departamenti tomonidan so‘nggi 2 yilda mahalliy hokimiyat organlarida o‘tkazilgan 440 ta tuzilmalarining 212 tasi, qariyb yarmida 8,5 milliard so‘mlik moliyaviy qonun buzilishlar aniqlangan.

Budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlik uchun hokimliklarning 17 nafar mas’ul xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Masalan, Oqqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari Alishev 170 million, O‘zbekiston tumani hokimligi bosh hisobchisi Hoshimov 803 million, Muborak tumani hokimi o‘rinbosari Shomurodov 938 million so‘mni talon-toroj qilgani uchun javobgar bo‘ldi
", - deydi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Avvalroq Arnasoy, Yunusobod, Buvayda hokimlari o‘rinbosarlari yer ajratib berish evaziga pora olganini, Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olingani, Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuror: Hokimliklarda korrupsiya ko‘paysa ko‘payyaptiki, lekin kamayishidan darak yo‘q