13:00 / 10.11.2020
1 483

5 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan qarzdor ushlandi

5 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan qarzdor ushlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 06.07.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun E.Nazarovdan G.Nazarova foydasiga har oylik daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Buni qarangki, Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan vaqtdan buyon Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan mazkur aliment ijro ishi bo‘yicha qarzdor E.Nazarov 2017 yil yanvar oyidan boshlab jami 46 oy mobaynida farzandi uchun 18 mln. 962 ming so‘m aliment to‘lamay qo‘ygan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lsada topish imkoni bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, u yollanma ustachilik bilan shug‘ullanish maqsadida Toshkent shahriga ketganligi va u yerda ishlab yurganligi aniqlangan. Joriy yilning 05 noyabr kuni E.Nazarov Bag‘dod tumanidagi yashash manziliga kelganligi haqida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bergan xabariga asosan byuroning qidiruv inspektorlari tomonidan ushlangan.

Dastlab unga 18 mln. 962 ming so‘m aliment qarzini to‘lashi lozimligi tushuntirilganida bosh tortganligi sababli 06 noyabr kuni Bag‘dod tuman ma’muriy sudida unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismi bilan to‘plangan ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqilib, 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Qonun talabi bo‘yicha qarzdor E.Nazarovga nisbatan tayinlangan jazo uni aliment qarzini to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi va kelgusida Byuro xodimlari tomonidan to‘liq undirishga qaratilgan barcha zarur choralar ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan qarzdor ushlandi