22:08 / 10.11.2020
2 370

Transformator o‘rnatib berish evaziga 3800 dollar so‘ragan «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» xodimi qo‘lga olindi

Transformator o‘rnatib berish evaziga 3800 dollar so‘ragan «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» xodimi qo‘lga olindi
«Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining «Bobur» filiali yetakchi muhandisi Oltinko‘ldagi mahallaga transformator o‘rnatib berish uchun 3800 dollar pora so‘radi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, Oltinko‘l tumanidagi «Oyishaxonim» mahallasida yashovchi fuqaro O.H. huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilib, viloyat «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining «Bobur» filiali yetakchi muhandisi J.A. mahallaga yangi transformator va uzatish liniyasini qurib berish uchun 3800 dollar talab qilgan.

2020 yil 5 noyabr kuni Andijon shahrida DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.A. fuqaro O.H.dan 3800 dollar miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transformator o‘rnatib berish evaziga 3800 dollar so‘ragan «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» xodimi qo‘lga olindi