09:30 / 11.11.2020
560

Fuqaroga 200 mln. so‘m kompensatsiya uchun tovon puli undirib berildi

Fuqaroga 200 mln. so‘m kompensatsiya uchun tovon puli undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 17.07.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Nasaf temir yo‘l kompleks qurilish” xususiy korxonasi hisobidan undiruvchi Z.Komolova foydasiga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi uchun tovon puli undirish belgilandi.

Byuroning Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochilarining ogohlantirishlaridan so‘ng qarzdor 200.000.000 so‘m kompensatsiya uchun tovon puli hamda 8 mln. 020 ming so‘m sud xarajatlarini to‘lab berdi. Ijro varaqada belgilangan so‘mma to‘liq undirilgach, ijro hujjati amalda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)