09:30 / 12.11.2020
1 807

Milliy venchur fondi tashkil etiladi

Milliy venchur fondi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «UzVC» milliy venchur fondi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning 24.11.2018 yildagi «Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5583-son farmoniga muvofiq innovatsion g‘oyalar va startap-ekotizimni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish maqsadida «UzVC» milliy venchur fondi tashkil etiladi.

Norma’ning yozishicha, hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
  • MCHJ shaklida tashkil etish;
  • boshlang‘ich ustav kapitali 15 mlrd so‘m miqdorida 2020 yil Davlat budjetidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi;
  • ustav fondidagi 100 foiz ulush Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Fond yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar bilan sheriklikda venchur loyihalarni moliyalashtiradi.

Fondni boshqarish uchun malakali va xalqaro tajribaga ega chet el fuqarolari jalb etiladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Innovatsion rivojlanish vazirligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 4 oy muddatda tanlov asosida fond uchun davlat ulushiga ega bo‘lmagan xususiy boshqaruv kompaniyasini tanlash topshirildi.

Venchur loyihalarni moliyalashtirishning shartlaridan biri ajratilgan resurslarga teng miqdorda xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish hisoblanadi. Hujjat 4.11.2020 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy venchur fondi tashkil etiladi