19:33 / 12.11.2020
542

To‘lovlardan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

To‘lovlardan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan yurtimiz hududiga xorijdan kirib kelgan, yo‘l kuzatuv hujjatlarida umumiy nom bilan qayd etilgan ayollar kiyimlari “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy bojxona postida ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida umumiy nom bilan ayollar kiyimlari sifatida ko‘rsatilgan tovarlar aslida qishgi kiyimlar ekanligi, shuningdek, konteynerdagi tovarlar hujjatlarda ko‘rsatilganidan 16 320 donaga ortiqcha ekanligi aniqlandi. Tekshiruv davomida, 1 mlrd 662 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Shuningdek, yana bir holatda “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan olib kelingan umumiy qiymati 1 mlrd 150 mln so‘mlik kiyimlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu tovarlar aslida shimlar ekanligi ma’lum bo‘ldi va 361 mln so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Yana bir holatda, “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Xitoy davlatidan kirib kelgan turli xildagi asbob-uskunalar va xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan va ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan og‘irligi salkam 6 tonnaga yaqin qiymati 1 mlrd 326 mln. so‘mlik maishiy buyumlar va ehtiyot qismlar tovarlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)