22:02 / 12.11.2020
1 953

Mahmud Murodov qachon oktagonga qaytadi? Bu borada sportchining o‘zi ma’lum qildi

Mahmud Murodov qachon oktagonga qaytadi? Bu borada sportchining o‘zi ma’lum qildi
UFC promoushenidagi birinchi hamyurtimiz Mahmud Murodovning Kevin Xollandga qarshi jangi yurtdoshimizning koronavirusga chalinganligi uchun bekor qilingandi. Murodov ma’lum bir karantin jarayonidan so‘ng, yana mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu borada u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qilgan.

Karantindan keyingi birinchi mashg‘ulot... Alhamdulilloh, o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz, shu kunlarda Chexiyaga yo‘l olamiz. Pragaga qaytgach, biroz dam olib, vaqtimni oilam bilan o‘tkazishni istayman, so‘ng, albatta, mashg‘ulotlarni qayta boshlaymiz. Inshaalloh fevral oyida oktagonga qaytamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat!”, — deb yozadi Murodov.

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov UFCda ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida g‘alabaga erishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahmud Murodov qachon oktagonga qaytadi? Bu borada sportchining o‘zi ma’lum qildi