11:11 / 13.11.2020
2 011

«DAF»dagi giyohvandlik vositalari fosh bo‘ldi

«DAF»dagi giyohvandlik vositalari fosh bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 maydagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “marixuna” O‘zbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishing oldini olish, shuningdek, “zahri qotil” deb ataluvchi ushbu vositalarning respublikamiz hududida muamolada bo‘lishiga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan respublikamizga kirib kelgan fuqaro I.K. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada 2 o‘ramda o‘tkir hidli, quritilib maydalangan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan o‘tkir hidli, quritilib maydalangan o‘simlik tarkibida giyohvandlik aktiv komponent tetragidrokannabinol bor ekanligi va ushbu modda “marixuana” deb nomlanishi hamda uning sof og‘irligi 8,36 grammga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «DAF»dagi giyohvandlik vositalari fosh bo‘ldi