14:13 / 13.11.2020
3 613

56,7 balldan ko‘p va 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berildi

56,7 balldan ko‘p va 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tkazilgan onlayn test sinovlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball, ammo, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan o‘tish balidan (100 ball) kam ball to‘plagan fuqarolarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining mos yoki turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi besh kun muddatda ushbu toifadagi talabgorlardan arizalarni qabul qilib, hududlardagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga qayta taqsimlaydi, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 56,7 balldan ko‘p va 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berildi