17:00 / 13.11.2020
1 904

O‘zbekistonda BAA kompaniyalari professional o‘quv markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda BAA kompaniyalari professional o‘quv markazlari tashkil etiladi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Birlashgan Arab Amirliklarining «Saned», «AS Unique Human Resourses», «Elite Employment Services» kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston hududida kasb-hunar o‘quv kurslari tashkil etish, fuqarolarni BAAga ishga jalb qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

BAA tomoni yil oxiriga qadar «Saned» kompaniyasi 1500 nafar xorijiy fuqarolarni ishga yollashni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad BAAda O‘zbekiston fuqarolari orasidan «xavfsizlik qo‘riqchilari» vakansiyasi uchun quyidagi shartlar asosida tanlash va ishga yollash ekanligi ma’lum qilindi:

- fuqarolar davlat muassasalarini qo‘riqlash ishlariga jalb etiladi;
- oylik ish haqi 1600 dirhamni (taxminan 435 AQSH dollari) tashkil etadi;
- ish beruvchi yashash joyi, tibbiy va baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashni amalga oshiradi, aviachipta, hujjatlarni rasmiylashtirish, xavfsizlik va mehnat faoliyati uchun litsenziyalar bilan ta’minlaydi.

Talabgorlardan talab qilinadigan shartlar:
- 21 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
- asosan ingliz tilini bilish (smena davomida biror bir holat yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilida yozma ravishda xabardor qilish imkoniyatiga ega bo‘lish);
- kasbiy (tasdiqlangan) mahorat yoki ish tajribasining mavjudligi.

Muzokaralar yakunida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tanlovlar tashkil etish, nomzodlarni tanlash va barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston hududida BAA kompaniyalari professional o‘quv markazlarini tashkil qilish, jumladan ushbu markazni Namanganda ochish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda BAA kompaniyalari professional o‘quv markazlari tashkil etiladi