17:23 / 14.11.2020
2 123

Talabalar 16 noyabrdan an’anaviy o‘qishga qaytmoqda. Buning uchun qanday choralar ko‘riladi?

Talabalar 16 noyabrdan an’anaviy o‘qishga qaytmoqda. Buning uchun qanday choralar ko‘riladi?
OTMlarda o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich 2020 yil 16 noyabr – dushanba kunidan an’anaviy ta’lim shaklida davom ettirishga qaror qilingani haqida xabar berilgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarning sog‘lig‘ini asrash, ularning sifatli ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida bir qator choralar ko‘rilishini ma’lum qildi:
  • har bir oliy ta’lim muassasasida hududiy Sog‘liqni saqlash birlashmalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari jalb qilingan holda tezkor Shtab tashkil etiladi;
  • auditoriya va xonalar o‘quv jarayoniga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda tayyorlanadi;
  • kurslar kesimida o‘quv jarayonini tashkil etish sxemasi ishlab chiqilib, tabaqalashtirilgan vaqt soatlari asosida dars jadvallari tuziladi;
  • talabalar turar joylari faoliyati sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy javob beradigan normalarda tashkil etilib, jihozlangan holatda talabalarning yashashlariga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi;
  • oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar joylarida Tibbiyot punktlari tashkil etiladi;
  • talabalar salomatligi nazoratini ta’minlash maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasiga tibbiyot muassasalari biriktiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalar 16 noyabrdan an’anaviy o‘qishga qaytmoqda. Buning uchun qanday choralar ko‘riladi?