12:08 / 16.11.2020
2 801

Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga ikki xonali uy sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga ikki xonali uy sovg‘a qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr, payshanba kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda qarshilik psixolog qizga 2 xonali uy sovg‘a qilgan. Bu haqda «Tez News» xabar berdi.

Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan.

Xususan, Qarshi tumanida yashovchi psixolog Shohida Jo‘rayeva Prezidentga yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida «Yosh psixologlar» markazini tashkil etish taklifini bildirgan. Prezident uning taklifi ma’qul qelganini ta’kidlab, unga shahar markazidan 2 xonali uy sovg‘a qilinishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-12 noyabr kunlari davlatimiz rahbari ikki kunlik tashrif bilan Qashqadaryo viloyatiga borgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga ikki xonali uy sovg‘a qildi