Foto: «Zen.yandex.ru»
Har kuni zaytun yog‘ini iste’mol qilish orqali kognitiv funksiyalarni sezilarli darajada yaxshilashga erishish mumkin. Bu haqda Salonikidagi Arastu universiteti va Gretsiyadagi Alsgeymer kasalligi va u bilan bog‘liq buzilishlar assotsiatsiyasi olimlari ma’lum qilishdi. Ularning maqolasi «Journal of Alzheimerʼs Disease»da chop etildi.
Tadqiqotchilar bir yil davomida uchta guruhdagi odamlarni kuzatishib, ularning taomnomasini taqqoslab borishdi. Birinchi guruh O‘rta yer dengizi sog‘lom parheziga amal qilishdi. Ikkinchi guruh muntazam ravishda toza zaytun yog‘ini iste’mol qilishdi (kuniga 50 ml). Uchinchi guruh tarkibida polifenol bo‘lgan zaytun yog‘ini qabul qilishdi (kuniga 50 ml).
Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lishicha, taomnomasiga zaytun yog‘i kiritilgan ikkinchi va uchinchi guruhdagi odamlarda Alsgeymer markerlari yaxshilanishi kuzatilgan. Birinchi guruhdagi tadqiqot ishtirokchilarining ko‘rsatkichlari esa o‘zgarmay qolgan yoki yomonlashgan.
Tadqiqotni o‘tkazgandan so‘ng olimlar tarkibida polifenol ko‘p bo‘lgan zaytun yog‘i Alsgeymer kasalligining dastlabki bosqichi hisoblanmish yengil kognitiv buzilishdan qiynalayotgan keksa yoshdagi kishilar uchun terapevtik vosita hisoblanadi, degan xulosaga kelishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda