18:00 / 17.11.2020
2 619

Ko‘k choy va tabiiy sharbatlar koronavirusni zaiflashtiradimi?

Ko‘k choy va tabiiy sharbatlar koronavirusni zaiflashtiradimi?
Rossiyalik virusolog olim Aleksey Agranovskiyning aytishicha, ko‘k choy, arpabodiyon va anor sharbatini koronavirusga qarshi haqiqiy davo vositasi deb hisoblamaslik kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi «milliy» dorivorlar, o‘simlik vositalari ta’sirchan tabobatga aloqador emas. “Inson organizmidagi virusga hech narsa qarshi ta’sir qilmaydi, bunday vosita yo‘q. Bu kabi «dorivor» deb ataladigan o‘simliklar va vositalar shunchaki yolg‘on umid beradi”, - deydi olim.

Shuningdek, u foydali mikroelementlar va vitaminlarga boy tabiiy mahsulotlar immunitetni kuchaytirishini, lekin hech bir sharbat viruslarni o‘ldirish kuchiga ega emasligini ta’kidlagan.

Avvalroq, Germaniyadagi Ulma universiteti Tibbiyot markazining molekular virusologiya instituti xodimlari arpabodiyon sharbati organizmda koronavirusning faolligini pasaytirishi va uning patogenni (tanasini) 79 foizgacha yo‘q qilishini aytgan edi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, boshqa tabiiy sharbatlar va ko‘k choy ham nordon ta’mi va o‘simlik polifenollari evaziga kasallikning kuchini zaiflashtira oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘k choy va tabiiy sharbatlar koronavirusni zaiflashtiradimi?